Qashshoqlikni kamaytirish har qanday davlatning taraqqiyot va farovonlik yo‘lida hal qilinishi kerak bo‘lgan vazifadir. Aholi soni bo‘yicha dunyoning eng katta davlati bo‘lgan Xitoy qashshoqlikni kamaytirish borasida katta ishlarni amalga oshirdi va tarixiy yutuqlarga erishdi. Joriy yilning 25 fevral kuni Xitoy rahbari Si Szinpin Xitoy mutlaq qashshoqlikka qarshi kurashda g‘alaba qozonganini e’lon qildi. So'nggi sakkiz yil ichida Xitoy 98,9 million qishloq aholisini qashshoqlikdan chiqardi, 832 okrug va 128 ming qishloqni qashshoq hududlar ro'yxatidan olib tashladi. Xitoy BMTning 2030 yilga qadar qashshoqlikka barham berish dasturidan 10 yil oldinda.